SamDCHTI Kengashining 1-yig‘ilishi 2018 yil 27 avgust kuni bo‘lib o‘tdi va yig‘ilishda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlarining bajarilishi hamda institutning yangi o‘quv yilidagi vazifalari to‘g‘risida. (Rektor I. Tuxtasinov axboroti)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning institutda amalga oshirilishi to‘g‘risida (O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor F. Ro‘ziqulov axboroti)
3. 2018-2019 o‘quv yili uchun o‘quv jarayonini tashkil etish borasidagi ishlar to‘g‘risida (O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor F. Ro‘ziqulov axboroti)
4. Fakultetlarda 2-3-kurslarda o‘tkazilgan yozgi malakaviy amaliyot natijalari bo‘yicha hisobot. (Fakultet dekanlari axboroti)
5. Har xil masalalar
-YDA raislari hisobotlari (YDA raislari, o‘rinbosarlari-dekanlar axboroti)
-2018–2019 o‘quv yili uchun talabalarning malakaviy, pedagogik, tarjimonlik amaliyotlari Yo‘riqnomalarini tasdiqlash
-2018-2019 o‘quv yili uchun institutning umumiy ish rejasi, institut Kengashi ish rejasi hamda bo‘limlarning rejalarini tasdiqlash haqida
-Institutning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





