Bugun, 1-iyul kuni o’tkazilgan institut Kengashining navbatdagi yig‘ilish natijalariga ko‘ra
Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasidan N.Nasrullayevaning hujjatlari professorlik ilmiy unvonini olish uchun hamda pedagogika va psixologiya kafedrasidan G.Azizovaning hujjatlari dotsent ilmiy unvonini olish uchun OAKga taqdim etiladi.
Bitiruvchi kurs talabalariga beriladigan imtiyozli diplomlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
2021-2022 o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining ishchi o‘quv rejalari, o‘quv ishlari yuklamasi, “Vaqt me’yorlari” tasdiqlanadi.
Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasining katta o‘qituvchisi N.Petrosyan tomonidan tayyorlangan “Innovative pedagogical techniques for critical thinking development” nomli o‘quv qo‘llanma nashrga tavsiya etiladi.
Nemis tili va adabiyoti kafedrasining dotsenti M.Begmatovning “Nemis tili” nomli o‘quv qo‘llanmasi ham nashrga tavsiya etiladi.
Institut kafedralari tadqiqotchilarining ilmiy mavzulari va rahbarlarining ro’yxati tasdiqlanadi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




