Samarqand davlat chet tillar institutining magistratura mutaxassisliklariga o’qishga kirish maqsadida hujjat topshirgan abituriyentlar uchun mutaxassislik fanlaridan imtihon jarayonlari davom etmoqda.
Shuningdek, bugungi, ya’ni 2-navbatdagi (smenadagi) imtihonlar “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili)” va “Lingvistika (yapon tili)” mutaxassisliklari uchun o’tkazilib, unda 4-, 5-, 6-guruhdagi abituriyentlar test topshirishmoqda.
Imtihon jarayonlariga jami bo’lib 84 nafar abituriyent qatnashishi belgilangan, ammo 9 nafar abituriyent imtihonga kelmaganligi sababli 75 nafar talabgorlar imtihon jarayonlarida ishtirok etishmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain










