Samarqand davlat chet tillar institutida XXVII spartakiadaning “Qo’l to’pi” musobaqasi talabalar o’rtasida bo’lib o’tdi. Bo’lib o’tgan ushbu musobaqada o’g’il bolalar o’rtasida 1-o'rinni Roman-german tillar fakulteti, 2-o'rinni Sharq tillari fakulteti, 3-o'rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti jamoalari qo’lga kiritdi.
Qizlar o’rtasida tashkil etilgan “Qo’l to’pi” musobaqasida 1-o'rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti jamoasi, 2-o'rinni Roman-german tillari fakulteti, 3-o'rinni esa Sharq tillari fakulteti jamoalari egalladi.
Navbatdagi musobaqa sportning “Basketbol” turi bo’yicha 2021-yilning 17-noyabr kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz. 17-noyabr kuniga qadar “Talabalar o’rtasida o’tkaziladigan XXVII spartakiada musobaqalarini o’tkazish to’g’risida”gi Nizomning 3-bandiga muvofiq har bir fakultet mutasaddilari fakultetning ichki musobaqasini o’tkazib, institut bosqichiga saralab olishlari lozim.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





