Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida 2019-yil 5-fevral kuni Samarqand shahar IIO FMB boshqarmasi, viloyat hamkorligida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikga qarshi birgalikda kurashamiz!” va “Men huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mas’ulman!” mavzularida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

SamDChTI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.G‘aybullayev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov, institut psixologi Z.Oripov, Samarqand shahar IIO FMB o‘rinbosari V.Ahmedov, profilaktika inspektorlari O‘.Rajabov, J.Xasanov hamda roman-german tillari fakultetning 6 nafar professor-o‘qituvchilari va 140 nafar 1-2 kurs talabalari suhbat ishtirokchilari bo‘lishdi.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash buyicha prorektor O.G‘aybullayev ochib, talabalar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, korrupsiya va shu kabi muammolarning sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida doimiy ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Share:
2019-02-06 13:40:00 82