2019-yil 16-aprel kuni erkin tadqiqotchi Kiselyov Dimitriy Anatoliyevich “Дискурсивно прагматтические аспекты репрезентативной функции знаменательных частейречи французкого языка” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun va mustaqil izlanuvchi Melikova Martaba Numonovna “Особенности формирования и развития исторического сознания молодежи узбекистана (Историко-философский анализ)” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalari bo‘yicha ilmiy metodologik seminarda chiqish qildi.
Seminarda sohaga tegishli professor-o‘qituvchilar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminar so‘ngida mavzu bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan savollar berildi va ma’ruzachilar tomonidan javob berildi, shuningdek, soha olimlari tomonidan fan doktorlik (DSc) va falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasining bajarilishi bo‘yicha fikr hamda takliflar berildi.
2019-04-17 13:00:00
79
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




