Joriy yilning 24-avgust kunida Samarqand shahrida “Sog‘lom turmush tarzini tanlaymiz” shiori ostida ommaviy yurishi marafoni o‘tkazildi. Marafon Samarqand viloyati musiqali drama teatri oldidan boshlanib, Bo‘stonsaroy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari orqali “Dinamo” sport maydoniga qadar davom etdi. Ishtirokchilar “Dinamo” sport maydoniga borgach ertalabki badantarbiya mashqlarini jamoaviy tarzda davom etkazishdilar.
Marafonda shahardagi barcha OTMlari professor-o‘qituvchilar va talabalari, shuningdek, davlat tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdilar.
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagog jamoasi hamda talabalar jamoasi ham faol ravishda qatnashishdilar.
Tadbir so‘ngida sanatkorlar tomonidan turli hil musiqa va qo‘shiqlar ijro etildi.
SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain
