Joriy yilning 19-sentabrida Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning Sookmyung universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Shinhee Lee boshchiligidagi 2 kishilik delagatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida koreyalik mehmonlar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Ucharshuv davomida institut rektori I.M.Tuxtasinov institutdagi ta’lim tizimi, o‘quv jarayonlari, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik mutaxassislar hamda xalqaro hamkorliklar, xususan, Janubiy Koreyaning ko‘plab oliy ta’lim muassasalari bilan hozirda mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligi va jadal ravishda rivojlanayotganligi to‘g‘risida mehmonlarni batafsil tanishtirib o‘tdi.

Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almanishinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari (2+2 qo‘shma diplom)ni amalga oshirish borasida muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvdan so‘ng faollar zalida barcha qiziquvchi talabalar uchun Sookmyung universiteti taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

Share:
2019-09-19 17:00:00 93