SamDCHTI professori U.U.Usmonov tomonidan 2019-yil 30-noyabr kuni Ingliz tili-II fakultetining professor-o'qituvchilari, magistrantlari va talabalari uchun ilmiy seminar tashkil etildi. Seminarda bugungi zamonaviy tilshunoslikning noan'anaviy tahlil metodlaridan biri hisoblangan sintaksem va komponent tahlilning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida bevosita amaliy jihatdan tushuncha va ma'lumotlar berildi.
Seminar savol-javoblarga boy va juda qizg'in tarzda yakunlandi. Mazkur seminar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-576-son Qonuni ijrosini ta’minlashga qaratildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





