Ispaniyaning Kastiliya La Mancha universiteti professori Alexandro Pastrana Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institut qoshida turizm markazini tashkil etish maqsadida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Shuningdek, SamDCHTI rektori I.Tuxtasinov, janob Alexandro Pastrana va Samarqand viloyat turizm deportamenti boshlig‘i D.Narziqulovlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida turizm markazini tashkil etish va uning faoliyatini uzoq muddatli qilib belgilash, yurtimizga xorijiy mehmonlarni jalb etish hamda ularni xalqimizning boy madaniy, tarixiy merosi, urf-odatlari, milliy madaniyatimiz bilan tanishtirish borasida fikr hamda mulohazalar almashinildi.
So‘ngra Alexandro Pastrana “Ispan tili va madaniyati markazi” uchun 5 ta darslik va ensklopedik kitoblarni taqdim etdi. Janob Alexandro Pastrana mazkur istiqbolli loyihalarning hamkorlikda amalga oshirilayotganidan bog‘oyatda mamnun ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain






