Joriy yilning 4-avgust sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida ZOOM dasturida onlayn yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- yaqinlashib kelayotgan yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish;
- OAVlari bilan hamkorlik aloqalari samaradorligini yanada oshirish;
- 2/3/4-bosqich talabalarining sentabr oyidan onlayn o’quv jarayonlarini boshlashi;
- professor-o’qituvchilarning onlayn dars berish tajribasini oshirish;
- talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
- masofaviy ta’lim jarayoni sifatini oshirish borasida har bir professor-o’qituvchi va talabalarning fikr hamda takliflarini o’rganish;
- Moodle elektron ta’lim platformasi faoliyatini takomillashtirish;
- yangi o’quv yili uchun yaratilayotgan onlayn kurslar sifatini yetarli darajada ta’minlash;
- har bir professor-o’qituvchi o’zi yaratgan onlayn kusrning sifatiga mas’ul bo’lishi;
- masofaviy ta’lim jarayonining sifatini oshirish borasida har bir professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish kabilar.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan barcha ishtirokchilar o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi va hammaning karantin qoidalariga qat'iy rioya etilishi ta'kidlandi.
Manba: Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain









