Fan olimpiadasi davomida o’quvchilar nemis va fransuz tillaridan o’z bilimlarini sinashadi. Erta tongdan viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan o’quvchilar ro’yxatga olindi va ularga topshiriqlarini bajarish bo’yicha mas’ullar tomonidan ko’rsatmalar berib o’tildi.
Imtihon jarayonlari boshlanishi oldidan Samarqand davlat chet tillar institutining O’quv ishlari bo’yicha prorektori Fazliddin Ro’ziqulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Otabek G’aybullayev va boshqa mutasaddilar so’zga chiqishib, yig’ilganlarga olimpiada topshiriqlarini muvaffaqiyatli topshirishlari uchun omad tilashdi.
Dastur doirasi olimpiada ishtirokchilari uchun institut bo’ylab sayohat, SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy instituti bilan tanishuv, institut oshxonasida tushlik hamda g’oliblarni taqdirlash marosimlari tashkil etiladi.
Ayni damda olimpiada topshiriqlarini bajarish jarayonlari davom etmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain






