Samarqand davlat chet tillar institutida Yoshlar festivali doirasidagi viloyat hokimi fan olimpiadasi bo’lib o’tmoqda

Fan olimpiadasi davomida o’quvchilar nemis va fransuz tillaridan o’z bilimlarini sinashadi. Erta tongdan viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan o’quvchilar ro’yxatga olindi va ularga topshiriqlarini bajarish bo’yicha mas’ullar tomonidan ko’rsatmalar berib o’tildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Imtihon jarayonlari boshlanishi oldidan Samarqand davlat chet tillar institutining O’quv ishlari bo’yicha prorektori Fazliddin Ro’ziqulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Otabek G’aybullayev  va boshqa mutasaddilar so’zga chiqishib, yig’ilganlarga olimpiada topshiriqlarini muvaffaqiyatli topshirishlari uchun omad tilashdi.

Dastur doirasi olimpiada ishtirokchilari uchun institut bo’ylab sayohat, SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy instituti bilan tanishuv, institut oshxonasida tushlik hamda g’oliblarni taqdirlash marosimlari tashkil etiladi.

Ayni damda olimpiada topshiriqlarini bajarish jarayonlari davom etmoqda.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-06-12 10:05:00 109