12-oktabrda institutga tashrif buyurgan mehmon Vena Akademiyasi professori Markus Kornprobst bo‘ldi.
Professor institut rektori I.M.Tuxtasinov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i O.Yusupov birgaligida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida professor institut haqida barcha ma’lumotlarga yetarlicha ega bo‘ldi va kelgusidagi faoliyatda o‘zaro hamkorlikda ish olib borishga kelishishdi.
Rasmiy uchrashuvdan so‘ng Samarqand davlat chet tillar institutining faollar zalida “Diplomatiya sohasida xorijiy tillarni o’rganishning muhim ahamiyat” mavzusida institut o‘qituvchilari va talabalari uchun ochiq ma’ruza o’qidi. Professorning ma’ruzasi juda qiziqarli tarzda o‘tgan holda talabalarning diplomatiyaga qiziqishlarini uyg‘otdi. Ma’ruza yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga professordan javob olishdi.
Prof. Markus Kornprobst rahbariyat tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain




