Samarqand davlat chet tillar institutida “Butun dunyoda ispan tilining ahamiyati” mavzusida tashkil etilgan konferensiyaga tashrif buyurgan Ispaniyaning Kastiliya La-Mancha universitetidagi doimiy hamkorimiz, GEDESPA tashkilotining rahbari Alejandro Pastrana Molero hamda institut rektori Ilhomjon To’xtasinovlar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tomonlar o’rtasidagi mavjud mustahkam xalqaro hamkorlik aloqalarni yanada takomillashtirish, kelgusida Samarqand davlat chet tillar institutida turizm fakultetini ochish taklifi muhokama qilindi. Ushbu taklif bo’yicha ishlab chiqiladigan rejalarning muhokamasi  Ispaniyada tashkil etiladigan navbatdagi uchrashuvda amalga oshirilishiga kelishildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-25 12:05:00 111