Samarqand davlat chet tillar institutida “Butun dunyoda ispan tilining ahamiyati” mavzusida tashkil etilgan konferensiyaga tashrif buyurgan Ispaniyaning Kastiliya La-Mancha universitetidagi doimiy hamkorimiz, GEDESPA tashkilotining rahbari Alejandro Pastrana Molero hamda institut rektori Ilhomjon To’xtasinovlar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda tomonlar o’rtasidagi mavjud mustahkam xalqaro hamkorlik aloqalarni yanada takomillashtirish, kelgusida Samarqand davlat chet tillar institutida turizm fakultetini ochish taklifi muhokama qilindi. Ushbu taklif bo’yicha ishlab chiqiladigan rejalarning muhokamasi Ispaniyada tashkil etiladigan navbatdagi uchrashuvda amalga oshirilishiga kelishildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain






