Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish doirasida quyidagilar bildirildi hamda  muhokama qilindi:

—Oliy talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar;
—B.Shermuhammadovning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlangani; 
—Jamiyat rivojlanishi bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar ham o‘zlarining salohiyatini oshirib borishi;
—Xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilarning tajribasini oshirish, andoza olish, shuningdek, xorijlik talabalarni keng tarzda jalb etish;
—Professor-o‘qituvchilarning oylik maoshi oshirilganligi inobatga olingan holda yanada tashabbuskor bo‘lishi talab etilishi;
—Yangi zamonaviy texnologiyalardan talabalarning foydalanish doirasini kengaytirish;
—Marketing bo‘limining o‘z vakolat vazifalari muntazam amalga oshirilib borilishi, xorijiy investitsiyalarning jalb etilishida faol bo‘lishi, institutning reklama tarmoqlarini, xususan, rasmiy veb-saytlarning jozibadorligini oshirishi, nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda seminarlar tashkil etilishini ta’minlashi;
—Magistratura ta’lim bosqichi xorijiy va milliy mexanizm asosida yaratilishi;
—Ta’lim tizimini to‘liq ravishda shaffof va korrupsiyasiz sohaga aylantirish;
—OTMni kuz hamda qish mavsumlariga tayyorlash kabi masalalar ko‘rildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-11-14 15:15:00 98