Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish doirasida quyidagilar bildirildi hamda muhokama qilindi:
—Oliy talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar;
—B.Shermuhammadovning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlangani;
—Jamiyat rivojlanishi bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar ham o‘zlarining salohiyatini oshirib borishi;
—Xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilarning tajribasini oshirish, andoza olish, shuningdek, xorijlik talabalarni keng tarzda jalb etish;
—Professor-o‘qituvchilarning oylik maoshi oshirilganligi inobatga olingan holda yanada tashabbuskor bo‘lishi talab etilishi;
—Yangi zamonaviy texnologiyalardan talabalarning foydalanish doirasini kengaytirish;
—Marketing bo‘limining o‘z vakolat vazifalari muntazam amalga oshirilib borilishi, xorijiy investitsiyalarning jalb etilishida faol bo‘lishi, institutning reklama tarmoqlarini, xususan, rasmiy veb-saytlarning jozibadorligini oshirishi, nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda seminarlar tashkil etilishini ta’minlashi;
—Magistratura ta’lim bosqichi xorijiy va milliy mexanizm asosida yaratilishi;
—Ta’lim tizimini to‘liq ravishda shaffof va korrupsiyasiz sohaga aylantirish;
—OTMni kuz hamda qish mavsumlariga tayyorlash kabi masalalar ko‘rildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain













