Bizga ma’lumki, joriy yilda Germaniyaning Haydelberg pedagogika instituti bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum asosida Roman-german tillari fakulteti nemis tili o‘qituvchisi Marat Galiulov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi grantiga binoan 2019-yil 1-oktabrdan 30-noyabrga qadar Haydelberg pedagogika institutida malaka oshirib qaytdi.
Malaka oshirish jarayonida Germaniya ta’lim tizimidagi yangiliklar, boy tajribalar va yangi adabiyotlar bilan tanishdi. Mazkur malaka oshirish kurslaridan olingan tajriba dars jarayoniga tadbiq etilishi endilikdagi asosiy vazifa sifatida belgilandi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




