Joriy yilning 1-iyun kunida Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oluvchi bitiruvchi bosqich magistrantlar himoyalari boshlanib, ayni damda ular o’zlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyalaridan muvaffaqiyatli o’tib kelishmoqda. 

Himoyalar bevosita ZOOM dasturi orqali tashkil etilib, magistrlar o’z uylaridan turib ko’pi bilan har bir ishtirokchi 10-15 daqiqa davomida ilmiy tadqiqod ishining mazmun-mohiyati, yangiligi, fan taraqqiyotida ahamiyatlilik darajasini komissiya a’zolariga yetkazib berishmoqda.

Jarayon doirasida magistrlarning guruh rahbarlari, ilmiy ishi rahbarlari, fakultet dekanlari, komissiya a’olari, hattoki ota-onalari ham onlayn tarzda ishtirok etishib,  kuzatishmoqda.

Shu kunda qadar har kuni 12 yoki 13 nafar magistrantlar himoyalardan muvaffaqiyatli o’tmoqda. Ularning ichida ZOOM dasturidan foydalana olmayotgan va himoyalarda ishtirok eta olmagan magistrlar ham mavjud. Bu atigi 1% ni tashkil etadi. Ammo o’sha 1% magistrantlar ham keyingi kuni bo’ladigan himoyaga jalb etiladi va himoyadan muvaffaqiyatli o’tishiga sharoit yaratilib beriladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-06-05 16:50:00 113