Ekofaol talabalar
|
|
“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik tadbir o‘tkazildi Bugun Payariq xorijiy tillar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan Payariq xorijiy tillar fakulteti “Eko klub” a’zolari tomonidan Toxirshayx mahallasi hamda fakultet hududida navbatdagi ekologik tadbir tashkil etildi. Tadbir “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida o‘tkazilib, ko‘chalar ortiqcha chiqindilardan tozalandi, daraxt va ko‘chatlar sug‘orildi. Shuningdek, aholiga hamda yoshlarga atrof-muhit tozaligiga e’tibor qaratish, chiqindilarni ko‘chalarga tashlamaslik va yashil muhitni asrash zarurligi borasida targ‘ibot ishlari olib borildi. |
![]() |
SamDCHTI Ingliz filologiyasi va tarjimonshunoslik fakultetida EKONUR eko-volontyorlar harakati tomonidan tashkil etilgan “Eko marafon” loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyiha doirasida ishtirokchilar: Mazkur loyiha yoshlarning ekologik mas’uliyatini oshirish, tabiatni asrash va uni hayotga tatbiq etishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi. |
|
|
🧪 “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik tadbir o‘tkazildi. Bugun Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillar fakulteti “Eko klub” a’zolari tomonidan Hayotobod mahallasi hamda institut hududida navbatdagi ekologik tadbir tashkil etildi. 🔺Tadbir “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida o‘tkazilib, ko‘chalar ortiqcha chiqindilardan tozalandi, daraxt va ko‘chatlar sug‘orildi. 🌳 Shuningdek, aholiga hamda yoshlarga atrof-muhit tozaligiga e’tibor qaratish, chiqindilarni ko‘chalarga tashlamaslik va yashil muhitni asrash zarurligi borasida targ‘ibot ishlari olib borildi. ❗️ Ma’lumot uchun: 2025-yilning sentabr oyidan boshlab institut joylashgan hududlarda ushbu shior ostida doimiy ravishda ekologik tadbirlarda mahalla yoshlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va mahalla faollari faol ishtirok etib, hududlarni obod va toza qilishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. |
![]() |
Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm markazida bugun, 20-may kuni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida “Talaba yugur” ommaviy yugurish musobaqasi o'tkazildi. Unda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari ham faol ishtirok etishdi. |
Bugun mamlakatimizdagi barcha davlat tashkilotlarida “Yer soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya tashkil etildi. Tabiiy resurslarni asrash va atrof-muhit musaffoligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur aksiyada Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi. Institutdagi barcha bino va inshootlarda 60 daqiqa elektr energiyasidan foydalanilmadi ⇒ (https://t.me/samdchtijamoasi/33736)
Samarqand davlat chet tillar instituti talaba-yoshlari ishtirokida “Suvni birgalikda asraylik” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi ⇒ https://t.me/samdchtijamoasi/34122
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati huzurida talabalar ishtirokida tashkil etilgan Mediastudio tomonidan tayyorlangan videolavha ⇒ (https://t.me/samdchtijamoasi/34562)
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati huzurida talabalar ishtirokida tashkil etilgan Mediastudio tomonidan tayyorlangan videolavha ⇒ (https://t.me/samdchtijamoasi/34550)
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain






