Bugun, ya’ni 10-avgust kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Ingliz tili I hamda Ingliz tili II fakulteti talabalari bilan onlayn muloqot o’tkazdi. Muloqot davomida yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Otabek G’aybullayev, institut yoshlar yetakchisi Erali Raxmatov, fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlari Qahramon Hakimov va Mirsaid Ergashevlar bilan birgalikda talabalar ham ishtirok etishdi.

Talabalar bilan tashkil etilgan mazkur onlayn uchrashuvda boquvchisini yo’qotgan talabalarning kontrakt to’lovlariga yordam berilishi, kontrakt to’lovlarini amalga oshirishda qiyinchilikka uchrayotgan talabalarga 0 % kredit olib berishga ko’maklashish rejalashtirilayotganligi, ayni damda talabalarga ko’mak bo’lishi uchun kontrakt to’lovlarini oyma-oy bo’lib to’lash mumkinligini ma’lum qildi institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov.

Jumladan, muloqot davomida yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Otabek G’aybullayev endilikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sovrinli tanlovlarning muntazam ravishda o’tkazilib borilishi, 5 muhim tashabbus doirasida talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida o’z fikrlarini talabalar bilan o’rtoqlashdi.

Shu bilan birga talabalar o’zlarini qiziqtirgan turli xil savollarga institut mutasaddilari tomonidan berilgan atroflicha javoblarga ega bo’lishdi va talabalar institut rahbariyatiga o’zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Manba: SamDCHTI axborot xizmati

Share:
2020-08-10 18:25:00 105