Hurmatli abituriyentlar, endilikda Siz 2020-2021 o'quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturlariga ham onlayn hujjat topshirishingiz mumkin. Imkoniyatdan foydalanib qoling. Qabul jarayonlari qachondan boshlanish muddatini ma'lum bo'lgach e'lon beramiz.
Quyidagi qo'shma ta'lim dasturlariga hujjat topshirishingiz mumkin:
BAKALAVRIATDA:
Filologiya va tillarni o'qitish: koreys tili, Koreyaning Sunchunyan universiteti hamkorligida ochilgan 2+2 dasturi. 30 nafar qabul o'rni ajratilgan. O'quv jarayonlarining 2 yili SamDCHTIda, 2 yili Sunchunyan universitetida davom etadi.
Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili, Rossiyaning Oltoy davlat pedagogika universiteti hamkorligida ochilgan 2+2 dasturi. 30 nafar qabul o'rni ajratilgan. O'quv jarayonlarining 2 yili SamDCHTIda, 2 yili Oltoy davlat pedagogika universitetida davom etadi.
Filologiya va tillarni o'qitish: xitoy tili, Xitoyning Shanxay xorijiy tillar universiteti hamkorligida ochilgan 2+2 dasturi. 15 nafar qabul o'rni ajratilgan. O'quv jarayonlarining 2 yili SamDCHTIda, 2 yili Shanxay xorijiy tillar universitetida davom etadi.
MAGISTRATURADA:
Lingvistika: ingliz tili, Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti hamkorligida ochilgan 1+1 dasturi. 10 nafar qabul o'rni ajratilgan. O'quv jarayonlarining 1 yili SamDCHTIda, 1 yili Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetida davom etadi.
Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o'qitish, AQSHning Vebster universiteti hamkorligida ochilgan dastur. Bunda o'qish muddati 1 yil. 40 nafar qabul o'rni ajratilgan. O'quv jarayonlari 1 yil SamDCHTIda davom etadi. (Ushbu yo'nalishda qabul muddati yakuniga yetgan)
❗️Hurmatli abituriyentlar, Xitoyning Shanxay xorijiy tillar universiteti hamkorligida 2+2 dasturi asosida ochilgan filologiya va tillarni o'qitish: xitoy tili ta'lim yo'nalishi 2020-yilda ochilgan yangi ta'lim yo'nalish ekanligini ma'lum qilamiz.
Share:
2020-08-17 09:35:00
111
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain

