Samarqand davlat chet tillar instituti

2020/2021 oʼquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga oʼqishini koʼchirish (tiklash) maqsadida onlayn roʼyxatdan oʼtgan fuqarolarning arizalari toʼliq koʼrib chiqildi. Аyrim arizalar maʼlum bir sabablarga koʼra RАD ETILDI.
 
Rad etilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etgan holda tahrirlashning SOʼNGGI MUDDАTI 2020-yil 25-avgust kuni soat 23:59. 
 
Ushbu muddatdan soʼng kamchiliklarni bartaraf etishga (arizani tahrirlashga) yoʼl qoʼyilmaydi. Ushbu muddat ichida kamchiliklari bartaraf etilmagan АRIZАLАR KOʼRIB CHIQILMАYDI.
 
Roʼyxatdan oʼtgan barcha fuqarolardan oʼzlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (roʼyxatdan oʼtishdagi login va parol orqali) arizalarining koʼrib chiqilish holatlarini doimiy kuzatib borishlari soʼraladi.
 
Shu bilan birga, 2020-yilning bahorgi semestrida qoʼshni davlatlardan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʼqishi koʼchirilishiga ruxsat etilgan ammo belgilangan tartibda buyruq asosida talabalikka qabul qilinmagan talabalar oʼqishini qayta koʼchirilishiga ruxsat etilmaydi.
 
Qabul qilingan aksariyat hujjatlar quyidagi sabablarga koʼra qayta tahrirlash uchun qaytarildi:
 
— pasport nusxasi (doimiy yashash manziliga roʼyxatga qoʼyilgan beti bilan birga) toʼliq yoki sifatli yuklanmagan (zero oʼqishni koʼchirish toʼgʼrisidagi murojaatlarni koʼrib chiqishda talabaning doimiy yashash manzili asoslovchi sabablardan biridir);
 
— OTMda oʼqiyotganlik (oʼqiganlik) toʼgʼrisidagi belgilangan shakldagi hujjat (akademik maʼlumotnoma yoki reyting daftarchasi yoki transkript) nusxasi toʼliq yoki sifatli yuklanmagan;
 
— oʼqigan (oʼqiyotgan) OTM yoki taʼlim yoʼnalishi nomi toʼliq kiritilmagan;
 
— mavjud boʼlmagan OTM yoki taʼlim shakli yoki taʼlim yoʼnalishiga koʼchirish boʼyicha roʼyxatdan oʼtilgan.
 

SamDCHTI axborot xizmati
Share:
2020-08-24 15:30:00 101