Turkiy adabiyotning yirik vakili, turkiy xalqlarning eng buyuk shoiri Alisher Navoiy “Xitoydan to Xuroson” gacha bo‘lgan turkiy qavmlarni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirgan mutafakkirdir. 1441-yilning 9-fevrali (hijriy 844-yil ramazon oyining17-kuni) da Amir Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzo shohligi davrida Hirotda dunyoga keldi.
Bilamizki, Navoiy o’zbek tilining rivojlanishida o’zining katta hissasini qo’shgan buyuk zot. U kishining yozgan har bir asari hali hamon o’zbek tilini tom ma’noda chuqur boyitib kelmoqda. Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, Navoiyning serqirra va muhtasham merosi bizning ona tilimiz bo’lmish o’zbek tilini necha yillardan buyon dunyoga tanitib kelmoqda. Shu sababli, ko’plab xorijiy davlatlar vakillarining o’zbek tilini o’rganishga va aynan shu tildagi asarlarni mutolaa qilishga ishtiyoqlari cheksiz.
Bugun 21-oktabr – O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Samarqand shahrida tantanali katta tadbir bo’lib o’tdi va unda Alisher Navoiy xotirasi yodga olindi hamda yuksak ehtirom ila uning haykali poyiga gul qo’yish ma’rosimi bo’lib o’tdi.
Marosimda barcha OTMlari vakillari, jumlada, Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi ham faol ishtirok etishdi.
Ma’mura Nortojiyeva “Yosh jurnalist” klubi a’zosi
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain













