Xabaringiz bor, bugun 16-noyabr respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy o‘quv jarayonlari boshlandi. Ko‘pchilik tomonidan uzoq kutilgan ushbu kunda oliy ta’lim muassasalari talabalar uchun qaytadan o‘z bag‘rini ochdi.
Boshqa OTMlarda bo‘lgani kabi Samarqand davlat chet tillar institutida ham an’anaviy darslar ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Dars mashg‘ulotlarini olib borishda karantin qoidalariga to‘liq rioya qilinib, har bir binoning kirish qismida muntazam harorat o‘lchanib, antiseptik vositalardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv jarayonlarida talabalarninng ijtimoiy masofaga amal qilishlari qattiq nazoratga olingan.
Institut maʼmuriyati tomonidan anʼanaviy shaklda darslarni boshlash uchun barcha tayyorgarlik ishlari boshlangan. Oʼquv va maishiy binolar hamda xonalarda dezinfeksiya qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Oʼquv binolarini pirometr, dozator va antiseptik vositalar bilan taʼminlash choralari koʼrilmoqda.
© Samarqand davlat chet tillar instituti axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain













