Keyingi yillarda Samarqand viloyatining turizm salohiyatini oshirish, turizm ob’ektlari va diqqatga sazovor joylarini jinoyatlardan holi hududlarga aylantirish, xorijiy sayyohlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining asosiy xizmat vazifasiga aylangan.
Bugun Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari bilan delegatsiya vakillarini kutib olish, ularning xavfsizligini ta’minlash, chet mamlakatlardan kelgan mehmonlar bilan samimiy muloqot qilish, xullas, xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati xodimlarining vazifalari tushuntirib o‘tildi.
Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan bo‘sh lavozimlarini institutning xorijiy tillarni mukammal biladigan nomzodlar bilan to‘ldirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada talaba-yoshlarga kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi. Fikr-mulohaza va savol-javoblarga boy bo‘lgan mazkur uchrashuv talabalarni ichki ishlar tizimiga bo‘lgan qiziqishini oshirib, yanada oldinga intilish sari chorlashi shubhasiz.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





