Joriy yilning 29-yanvar kuni Samarqand viloyat Narpay tumani hokimi Sherzod Rahmonov hamda Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oluvchi narpaylik talabalar o’rtasida ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Narpay tuman hokimligi mutasaddilari, SamDCHTI rahbariyati vakillari, fakultet dekan o’rinbosarlari, narpaylik professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvni SamDCHTI yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Otabek G’aybullayev kirish so’zi bilan ochib berdi va so’zni Narpay tuman hokimiga berdi. Hokim Sherzod Rahmonov hozirda tuman iqtisodiy faoliyatining yaxshi rivojlanayotganligi, bo’sh o’rinlarining mavjudligi, tuman ta’lim tizimiga xorijiy tillarni mukammal egallagan mutaxassislar kerakligi to’g’risida so’z yuritdi o’z nutqida.
Shuningdek, jarayon doirasida narpaylik talabalar o’zlarining taklif hamda mulohazalarini bildirishdi. Jumladan,
-
A.Nizomova SamDCHTI talabalasi
— Tumandagi yoshlarni oliy ta’lim bilan kengroq qamrab olish maqsadida turli xil ixtisosliklardagi maxsus kurslar hamda tayyorlav markazlarini ochish, albatta, tuman hokimligi tasarrufidagi taklifini bildiridi.
-
A.Fayzullayev SamDCHTI talabasi
— Tumanda IELTS uchun tayyorlaydigan mutaxassislarni ko’paytirish taklifini bildirdi.
-
D.Toshtemirova SamDCHTI talabasi
— Tuman maktab internatlaridagi o’quvchilarni ma’lum sohaga yo’naltirilgan, ixtisoslashtirilgan sinflarda o’qishi uchun imkoniyat yaratish taklifini berdi.
-
S.Otaqulova SamDCHTI talabasi
— Tumanda tikuvchilik va shu kabi hunarmandchilik markazlarini joriy etish hamda bu borada xotin-qizlarga ish o’rinlarini yaratish va ushbu tizimni rivojlantirish taklifini bildirdi.
-
A.Xayrullayeva SamDCHTI talabasi
— Tumanda ilmiy hamda innovatsion salohiyatni ko’tarish, maktab o’qituvchilarini va matabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalovchilarini ham ilmiy ishlariga jalb etish taklifini bildirdi.
Tuman hokimi talabalar tomonidan bildirilgan barcha takliflarni qo’llab-quvvatlashini ta'kidladi va bu borada barcha amaliy ishlar olib borilishini ma’lum qildi. Jumladan, hokimlik tomonidan ajratilgan kitoblar jamlanmalari hamda qimmatbaho sovg’alarni talabalarga taqdim etdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain














