Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar, ularga biriktirilgan tarbiyachi-pedagog hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi xodimlari o’rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida quyidagi masalalar ilgari surildi. Jumladan, talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jalb etish, ma’naviyatni yuksaltirish borasidagi asarlardan ko’proq mutolaa qilish, TTJda kitobxonlik hamda badiiy kechalarni uyushtirish, yoshlarda tashabbuskorlikni uyg’otish, sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yish maqsadida ertalabki badantarbiya bilan muntazam shug’ullanib borish kabilar.

Shuningdek, xonalarda tozalik va gigiyena qoidalariga rioya etish, talabalar turar joyidagi ARM hamda AKT xonalarining kechki soat 22:00 ga qadar faoliyat ko’rsatayotganligini inobat olib, undan samarali foydalanish lozimligi tavsiya etildi.

Bundan tashqari, g’arb ommaviy madaniyatiga g’arq bo’lmaslik, kiyinish madaniyatiga amal qilish, TTJda an’anaga aylangan “Zakovat” intellektual o’yinida faol ishtirok etish hamda har oyda “Eng namunali xona” nominatsiyalarini tizimli ravishda yo’lga qo’yish kabilarga kelishib olindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-01-30 18:10:00 109