Samarqandda O’zbekiston jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi trenerlari, viloyat OAV vakillari, Samarqand davlat chet tillar institutining “Xalqaro jurnalistika” ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida jurnalist va blogerlar tajribasini oshirish maqsadida o‘tkazilgan seminar-treningda yuqoridagi masalalar ko‘tarildi.
– Bugun axborot saytlarida u yoki bu materiallarning muallifdan so‘roqsiz yoki manbasini keltirmasdan olib berilishi juda ko‘p tarqalgan, – deydi markaz treneri, O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbiri Anora Sodiqova. – Yoki inson huquqlariga daxl qiluvchi maqolalar berilish holatlari uchrab turadi. Deylik, keyingi kunlarda ommaviy axborot vositalarida Suriyadan qaytgan ayollarning taqdiri hikoya qilinib, uning yuzini ko‘rsatish, jinoyatchining nega odam o‘ldirgani voqeasini aynan uning fikrlari asosida berish kabi holatlar kuzatildi. Bu holatlar qonuniy jihatdan ham, etika nuqtai nazaridan ham xato.
OAVda ziddiyatli munosabatlarning yoritilishi va vositachilik muammolari hamda Internet ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq kontentlarini vizualizatsiya qilish asoslari, shuningdek, mobil jurnalistika asoslari to’g’risida so’z yuritdi O’zbekiston milliy teleradiokanali “O’zbekiston 24” radiosi katta muharriri Nozima Toshpo’latova.
Seminar davomida, shuningdek, mediamateriallarni ishlab chiqish, multimedia instrumentlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain







