Samarqand davlat chet tillar instituti

Hurmatli professor-o‘qituvchilar hamda qadrli talabalar, Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati shuni ma’lum qiladiki, respublikamiz hududida COVID-19 bilan kasallanish holatining ortayotganligi, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari orasida ham bunday holatlar aniqlanganligi sababli:

2021-yilning 22-aprel kunidan boshlab, 14 kun davomida institutda o‘quv jarayoni masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkaziladi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashgach an’anaviy o‘quv jarayoniga qaytish borasida xabarlar  institut rasmiy sahifalarida berib boriladi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-04-21 19:55:00 125