Atoqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining a’zosi, «Nuroniy» jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Hasan Norbekovich Normurodov shu yil 23 aprel kuni 82 yoshida vafot etdi.
Hasan Norbekovich Normurodov 60 yildan ziyod mehnat faoliyati davomida o‘zining ulkan rahbarlik salohiyati, boy bilim va tajribasi, barchaga ibrat bo‘ladigan ma’naviy fazilatlari bilan, jonajon Vatanimizga cheksiz muhabbati va sadoqati bilan haqli ravishda ko‘pmillatli xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan ulug‘ inson edi.
Hasan Norbekovich Normurodov bundan ikki yil oldin Samarqand davlat chet tillar institutida ham professor-o’qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv tashkil etib, o’zining hayotiy va kitobiy tajribalarini bo’lishgan edi.
Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi Hasan Norbekovich Normurodov oilasiga chuqur hamdardlik bildiradi. Alloh o’z rahmatiga olsin.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain

