24-sentabrda SamDCHTI da yoshlar yetakchisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovga qo‘yilgan nomzodlar E.Raxmatov, U.Pardayev, J.Karimovlar. Saylov natijalariga ko‘ra E.Raxmatov 615 ta, U.Pardayev 278 ta, J.Karimov 479 ta ovoz olishdi. 5ta saylov varaqasi ishlatilmadi, 10 ta varaqa buzilgan deb topildi. SamDCHTI yoshlar yetakchisi saylovida nomzodlardan 615 ta ovoz bilan Erali Raxmatov g‘olib bo‘ldi.

“E.Raxmatov ilmiy, ma’naviy, ma’daniy, xullas, barcha jarayonda bizning maslahatchimizdir. Faoliyatingiz davomida o‘z mehanizmingizni yo‘lga qo‘ying va barcha yoshlar bilan ishlashga harakat qiling” – deb, ta’kidladi SamDCHTI rektori I.Tuxtasinov o‘z tabrigida.

Share:
2018-09-25 15:55:00 93