Yurtboshimizning 2021-yil 20-apreldagi 6208-sonli “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti “Uzoq sharq tillari” kafedrasiga biriktirilgan Samarqand shahridagi “Hunarmandlar” mahallasi bilan hamkorligida 2021-yil 10-may kuni sportning "Stol tennis" turi bo'yicha ochiq chempionat tashkil etildi. Unda mahallada yashovchi yoshlar faol ishtirok etishdi.
Sport musobaqalarini o’tkazishdan asosiy maqsad yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, sog’lom turmush tarzini shakllantirishda amaliy yordam berish, ma’naviy immunitetini oshirishdan iborat. Musobaqada faol ishtirok etgan yoshlar Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
Hali musobaqalar boshqa sport turlari bo’yicha ham davom ettiriladi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain



