Kecha, 24-may kuni  Samarqand davlat chet tillar instituti ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari Past Darg‘om tumanidagi “Qarshiobod” mahalla fuqarolar yig’inidagi “Usmonobod” qishlog‘ida joylashgan 127-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lishdi.

Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilaridan geografiya, biologiya, matematika, fizika, ingliz tili, ona tili va adabiyoti, tarix,  kimyo fanlari bo‘yicha test olindi.

Test olinishdan maqsad o‘quvchilarning dinamik o‘sishini tahlil etish bo'ldi. Bundan tashqari, maktab o‘qituvchilari ishtirokida "Maktab o‘qituvchilari uchun ilmiy maqola yozishda tavsiyalar" mavzusi bo‘yicha taqdimot o’tkazildi.

Bunda maktab o‘qituvchilariga  mavzu yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Taqdimot so’ngida o’qituvchilar tomonidan mavzuga aloqador berilgan barcha savollarga ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari tomonidan javob berildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-05-25 20:30:00 118