Prezident raisligida joriy yilning 16-iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar hamda davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5117-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, 18-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakultetining ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi to’liq tarkibda Urgut tumaniga borishdi.

Shuningdek, kafedra jamoasi tumandagi 11-, 41-sonli umumiy o’rta ta’lim maktablarida bo’lishdi va hamkorlik aloqalarini o’rnatish hamda mustahkam davom ettirish, istiqboldagi ishlar rejasi, jumladan, hamkorlikda bajariladigan vazifalar muhokama qilinib, tomonlarning mas’ullik holatlari belgilab olindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-06-18 20:50:00 122