Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari xorijda malaka oshirishmoqda

Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupov hamda dekan o’rinbosari Q.Hakimovlar 2021-yil 17-iyuldan 13-avgustga qadar Ostindagi Texas universitetida “English as second language Teacher Training Program” nomli malaka oshirish kursida ishtirok etishmoqda.

Mazkur malaka oshirish kursida ingliz tili o’qituvchilarining kasbiy pedagogik mahoratlarini oshirish, o’qitishning zamonaviy metodikasi, ishchi o‘quv dasturlarni ishlab chiqishni takomillashtirish, til ko’nikmalari integratsiyasini shakllantirish, kommunikativ til ko’nikmalarini rivojlantirish, onlayn ta’limning ahamiyati kabi mavzular o’rganilmoqda.

Shuningdek, ishtirokchilar oliy ta’limda o‘quv jarayoni, ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish metodikasi bilan yaqindan tanishish hamda sohaga oid mutaxassislar bilan uchrashib, ular bilan o‘zaro fikr almashishmoqda.

Pedagog xodimlarning xorijda malaka oshirishlari chet tillarni ommalashtirish bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadlariga ham qaratilgan.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-07-27 21:40:00 124