Xabaringiz bor, Samarqand shahri Gagarin ko‘chasi 43-uy manzilida joylashgan Samarqand iqtisodiyot kolleji bino va inshootlari, tegishli hududi Samarqand davlat chet tillar instituti balansiga o‘tgan.
Hozirda mavjud va foydalanishga yaroqsiz bo‘lib turgan 1000 o‘ringa moslashgan 4 qavatli o‘quv binosini to‘liq mukammal qayta ta’mirdan chiqarish va joriy yilning noyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilganligi to’g’risida avval xabar qilgan edik.
Bugungi kunda ushbu hududda 1000 o‘ringa moslashgan 4 qavatli o‘quv binosini to‘liq mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlari davom etmoqda. Joriy yilning 14-iyun kuni institut rektori I.Tuxtasinov mazkur samarali ishning muvaffaqiyatli davom etayotganligi hamda ta’mirlash ishlari qay darajadaligi, shuningdek, bino loyihalari, amalga oshiriladigan rejalar bilan yaqindan tanishib chiqdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain










