O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga 2021/2022 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari 5-avgustdan 15-avgustga qadar davom etadi. Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati mazkur jarayonlarning birinchi kunida Samarqand shahridagi «Lokomotiv» stadionidan maxsus fotoreportaj tayyorladi.
Qayd etilishicha, 2021 yilda jami 948 211 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 479 627 nafari kunduzgi, 435 995 nafari sirtqi, 32 589 nafari esa kechki ta’lim shakliga hujjat topshirgan. Mazkur statistika yakuniy bo‘lib, unga test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan, ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan, tekshirishlar natijasiga ko‘ra hali maktabni tamomlamaganligi aniqlangan abituriyentlar kiritilmagan.
Jarayonlar koronvirus pandemiyasi qoidalariga ko‘ra o‘tkazildi. Xususan, imtihonga kirishdan avval abituriyentlarning tana harorati o‘lchandi. Imtihon jarayonida taqiqlangan vositalardan foydalanishga uringan abituriyentlar imtihondan chetlatilib, mas’ullar tomonidan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain













