Mustaqilligimizning 30 yillik bayram shukuhi haligacha yurtimizda davom etyapti. Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida “Mustaqillik darslari” tashkil etilmoqda. Shu munosabatda bugun, 7-sentabr kuni “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyatining bosh muharriri, Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshev Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan “Mustaqillik dars”larida ishtirok etdi.
Dars jarayonini Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va eng ulug’ ayyomimiz bo’lmish mustaqillik, uning buyuk ne’mat ekanligi, bugungi zamon yoshlari esa buni his qilgan holda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi lozimlgi haqida so’z yuritdi.
— Tarixiy jarayonda mustaqillikni mustahkamlash yo’lida yoshlarning qanchalik faol ishtirok etishi, g’ayrat va tashabbus ko’rsatishi moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishi, innovatsion ijodkorlikni kuchaytirishi, o’ziga topshirilgan ishlarga qanchalik mas’uliyat bilan yondasha olishi muhim ahamiyatga ega, – deydi Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshev. – Mustaqillik tufayli har bir shaxsdan jamiyatda o’z o’rnini topib borishi, g’oyaviy va ma’naviy-siyosiy jihatdan chiniqishi, mamalakatning ravnaq topishiga, demokratiyani rivojlantirishga hissa qo’shishi talab etiladi.
Jarayon davomida talabalar ham faol ishtirok etib, mustaqillik to’g’risida o’zlarining tushunchalarini, bugungi kunda ular uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlar aynan mustaqilligimiz sharofati bilan yaratilayotganligi, shuningdek, ularning bundan olayotgan taassurotlari haqida mulohaza bildirishdi. Bir so’z bilan aytganda dars jarayoni do’stona hamda qizg’in savol-javoblarga boy bo’ldi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain







