Samarqand davlat chet tillar institutida qo’shma ta’lim dasturlarining faoliyati yo’lga qo’yilganligi hamda ushbu dastur asosida ko’plab talabalar tahsil olayotganligi, shuningdek, hozirda qo’shma ta’lim dasturlarining 3-bosqich talabalari Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti va Koreyaning Soonchunyang universitetlarida tahsil olayotganligi, xususan, oliygohlarni tamomlagach 2 ta mutaxassislik diplomlariga ega bo’lishidan xabaringiz bor. Hozirda o’quv jarayonlari davom etmoqda.

Xalqaro qo'shma darajalar ko'p madaniyatli muhitda bo'lgan holda yosh mutaxassislarni ikki yil ichida yuqori darajada tayyorlashga, ularga xalqaro muhitda, xususiy sektorda, milliy va xalqaro jamoat institutlarida rivojlanish uchun bilim va zarur ko'nikmalar berishga qaratilgan.

2+2 qo’shma ta’lim dasturlari asosida talabalar ikki yil Samarqand davlat chet tillar institutida va ikki yil nufuzli xalqaro hamkor universitetlarimizning birida to’liq integrallashgan o’quv dasturlari hamda ikki hamkor o’rtasida kelishilgan kredit asosida tahsil oladi. Chet elda o’qish jarayonida talabadlarga chet tilni va chet el madaniyati va urf-odatlarini chuqurroq tadqiq qilish imkoniyati tug’iladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-08 18:30:00 130