“Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida bo'lib o'tayotgan talabalar Forumi doirasida “Saylov qonunchiligi bilimdonlari» viktorinasi o‘tkazildi

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida Samarqand viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida “Saylov qonunchiligi bilimdonlari» viktorinasi bo‘lib o‘tdi. Viktorinada jami bo’lib 9 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etishdi.

Viktorinani o’tkazishdan asosiy maqsad talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, shuningdek, saylov qonunchiligi bo‘yicha yanada ko’proq tushunchalar berishdan iborat.

Jamoalar 2 ta bosqichda (saralash va final bosqichi) o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Viktorinada savollari «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi: 100 savolga 100 javob» risolasi asosida tuzilgan. Har bir OTM jamoasi 3 kishidan iborat bo‘lib, ular bakalavriat bosqichi talabalaridan tarkib topgan.

Viktorinaning final bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Samarqand davlat chet tillar instituti, 2-o‘rinni Samarqand davlat universiteti hamda 1-o’rinni Samarqand davlat tibbiyot instituti jamoalari qo’lga kiritishdi. Gʻolib va sovrindor jamoalar viktorina tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-14 17:30:00 133