21 fevral kuni Yaponiyaning Tsukuba universiteti delegasiyasi institutimizning akademik liseyiga tashrif buyurdi.

Liseyda delegasiya a’zolarini SamDChTI AL va KHK bilan ishlash bo’yicha prorektor B. Primov, lisey direktori Z. Qo’ziyev, AL va KHK bilan ishlash bo’limi boshlig’i S. Anorqulov va xalqaro aloqalar bo’limi metodisti B. Berdialiyevlar kutib olishdi.

Delegasiya liseydagi dars jarayonlarini kuzatishdi, talabalar bilan tanishishdi. Shundan so’ng B. Primov, Z. Qo’ziyev va lisey o’qituvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida litsey direktori lisey to’g’risida ma’lumot berib, kurs rahbarlari va o’qituvchilari bilan tanishtirib o’tdi. Prorektor B.Primov O’zbekistonda ta’lim tizimi to’g’risida, amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim jarayonidagi yangilanishlar, jumladan, liseyning SamDChTI tarkibiga kiritilganligi, uning 3 yillikdan 2 yillik ta’limga aylantirilganligi va boshqalar to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so’ng delegasiya a’zolarining qiziqishlari yanada ortib, O’zbekistonda ta’lim tizimi, bolalarning qaysi yoshda qaysi ta’lim bosqichiga qabul qilinishi, o’qishga qabul qilish tartiblari, test jarayonlari, o’quv jarayonlari, o’quvchilarning rag’batlantirilishi, bilimlarning baholanishi tizimi, o’quvchilarning qiziqishlari va boshqalar to’g’risida suhbat savol-javob tarzida davom ettirildi.

Share:
2018-02-21 19:00:00 92