Bugun, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi rahbariyat vakillari talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar hayoti bilan yaqindan tanishib chiqishdi.
Yotoq joylari, ovqatlanish va oshxonalar, dam olish, dars tayyorlash xonalari hamda kutubxonalar faoliyati shular jumlasidandir.
Talabalar bilan suhbatlashish chog’ida o’quv jarayonlarida muntazam ishtirok etish lozimligi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo’lish, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda turli xil xalqaro va respublika tanlovlarida qatnashish kerakligi to’g’risida tushunchalar berib o’tishdi.
Shuningdek, joriy yilning 24-oktabrida respublikamizda prezidentlik saylovining bo’lib o’tishi, talaba-yoshlar ham saylovda faol ishtirok etishi hamda o’zlari uchun munosib nomzodga ovoz berishi lozimligi, jumladan, saylovda ishtirok etish konstitutsiyaviy huquq ekanligi to’g’risida ham so’z yuritildi.
Ana shunday rektor va talabalar uchrashuvi fakultetlarda ham o’tkazildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain










