Samarqand davlat chet tillar institutida 2021-yilning 27-oktabr kuni XXVII spartakiadasining “Stol tennisi” musobaqasi talabalar o’rtasida bo’lib o’tdi.

Bo’lib o’tgan ushbu musobaqada 1-o’rinni Sharq tillari fakulteti, 2-o’rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti, 3-Roman-german tillari fakulteti qo’lga kiritdi.

Ahamiyatlisi, bu yilgi musobaqalar har yilgidan ham ko‘ra ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda. Shu kabi musobaqalarning o‘tkazilishi salomatligimizga, sog‘ligimizga foydali bo‘libgina qolmasdan, ko‘ngilochar dastur ham hisoblanib, madaniy hordiqdir.

Navbatdagi musobaqa sportning “Voleybol” turi bo’yicha 2021-yilning 3-noyabr kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz. 3-noyabr kuniga qadar “Talabalar o’rtasida o’tkaziladigan XXVII spartakiada musobaqalarini o’tkazish to’g’risida”gi Nizomning 3-bandiga muvofiq har bir fakultet mutasaddilari fakultetning ichki musobaqasini o’tkazib, institut bosqichiga saralab olishlari lozim.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-27 17:25:00 118