O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori ijrosini ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutining Umumta’lim maktablarining umumiy metodik va amaliy faoliyatlari nazorati va monitoringi bo‘yicha mas’ul Q.Hakimov hamda “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilarning asosiy til ko‘nikmalari (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish)ni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalarining xorijiy tillar kafedralarini biriktirish orqali o‘quvchilarning xorijiy tillarni chuqur o‘rganishini tashkil etish borasida bir qator umumta’lim maktablariga tashrif buyurishdi.

Payariq tumanidagi 8-son ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi, Ishtixon tumanidagi 38-son va 67-son umumta’lim maktablari hamda Oqdaryo tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktablari shular jumlasidandir.

Institut mas’ul xodimlari yuqorida nomlari qayd etib o‘tilgan umumta’lim maktablarda o‘quvchilarni xorijiy tillarga o‘qitish va ularning bilimlarini baholashning xalqaro tan olingan uslublarini joriy qilish, shu jumladan, ta’lim jarayonida masofaviy va boshqa zamonaviy ta’lim shakllarini keng qo‘llash maqsadida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan “Mahorat darslari”ni olib borishdi. O‘quv jarayonini metodik qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning asosiy til ko‘nikmalarini mustahkamlash va qo‘llashda ko‘maklashish, ta’lim jarayoniga xorijiy tillarni o‘qitishdagi ilg‘or metodlarni jalb etish maqsadida maktab pedagogik jamoasi bilan seminar-treninglar o’tkazishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2021-11-05 16:25:00 125