O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz tili-II fakultetida o’z faoliyatini olib borayotgan tyutorlar (talabalar bilan doimiy ishlash bo’yicha oliy ma’lumotli psixolog-pedagok xodimlar) faoliyati tizimli ravishda yo’lga qo’yildi.

Jumladan, fakultetdagi mavjud 1-, 2-, 3-bosqich 145 ta akademik guruhlarga 20 nafar tyutorlar biriktirilib, hozirda ular talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ilmiy faoliyatga jalb etish, o’zlashtirish ko’rsatkichlarini yanada yuqori darajaga ko’tarish ishlari bilan shug’ullanishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-06 13:05:00 129