Samarqand davlat chet tillar institutida XXVII spartakiadaning “Basketbol” musobaqasi talabalar o’rtasida bo’lib o’tdi. Bo’lib o’tgan ushbu musobaqada o’g’il bolalar o’rtasida 1-o'rinni Sharq tillari fakulteti, 2-o'rinni Ingliz tili-I fakulteti, 3-o'rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti jamoalari qo’lga kiritdi.

Qizlar o’rtasida tashkil etilgan “Basketbol” musobaqasida 1-o'rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti jamoasi, 2-o'rinni Sharq tillari fakulteti, 3-o'rinni esa Roman-german tillari fakulteti jamoalari egalladi.

Navbatdagi musobaqa sportning “Futbol” turi bo’yicha 2021-yilning 1-dekabr kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz. 1-dekabr kuniga qadar “Talabalar o’rtasida o’tkaziladigan XXVII spartakiada musobaqalarini o’tkazish to’g’risida”gi Nizomning 3-bandiga muvofiq har bir fakultet mutasaddilari fakultetning ichki musobaqasini o’tkazib, institut bosqichiga saralab olishlari lozim.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-24 17:50:00 120