Joriy yilning 25-noyabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutining navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy kengash yig‘ilishida Samarqand davlat chet tillar instituti prorektor, dekan, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, barcha ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan izlanuvchi olimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Yig’ilish davomida quyidagi masalalar ko’rildi:
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xay’ati yig’ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari,
- Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-son qarori bilan “Oliy ta’lim muassasalari xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizom” asosida amalga oshirilayotgan ishlar,
- Institutga biriktirilgan umumta’lim maktablari bilan hamkorlik tadbirlarning bajarilishi hamda institut akademik litsey va texnikumi faoliyati,
- Institutda kadrlar tayorlash sifatini ta’minlash borasidagi ishlar,
- Institut tizimidagi beg’araz yordam, texnik hamkorlik va grant mablag’larini jalb qilish, ushbu toifadagi loyhalarni nazorat qilish va monitoring olib borish,
- Institutda fan va ishlab chiqarish o’rtasida o’zaro innovatsion hamkorlikni amalga oshirishning ahvoli va kafedralarda xo’jalik shartnomalarini shakllantirish,
- Institutda fuqarolar murojatlari bilan ishlashning ahvoli,
- Institutda 2021-2022 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi kabilar.
Jumladan, ilmiy daraja olgan professor-o’qituvchilar ham qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain















