Ta’lim sifatini yanada yaxshilash, professor-o‘qituvchilar va talabalarning tajribasini oshirish, ularning xorij tajribasini egallashi uchun dunyoning eng kuchli top mingtalikka kiruvchi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga stajirovkalarini tashkil etish, xalqaro hamkorlik aloqalarini bundanda kengaytirish borasida xorijning ko‘plab tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ko‘plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar institutida ham ta'lim sifatini yanada yaxshilash, talabalarning xorijiy tillarni o‘rganish samaradorligini yanada oshirish maqsadida o‘quv jarayonlariga ko‘plab xorijlik mutaxassislar taklif etilmoqda.
Jumladan, institutning “Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili” ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga koreys tilidan dars berish maqsadida Janubiy Koreyaning Dongguk Universitetidan professor Kim Kyong Je o‘quv jarayoniga jalb etildi va u mazkur o‘quv yili yakuniga qadar Sharq tillari fakultetida faoliyat olib boradi.
Bugun, institut rektori Ilhomjon To‘xtasinov Dongguk Universiteti professori Kim Kyong Je bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida qilinadigan ishlar, amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
